Nimaga O'zbekiston?

Iqtisodiyot


O'zbekiston iqtisodiyoti jadal tezlik bilan rivojlanmoqda. 2023-yilda yalpi ichki mahsulot ko'rsatgichi 6%ga o'sdi, bu uzoq middatli rivojlanish jarayonining bir qismidir. Ekspertlar bizning iqtisodiy taraqqiyotimizni aholi soni bilan bogʼliq, deb hisoblaydilar: O'zbekiston aholisining oʼrtacha yoshi atigi 29 yoshni tashkil etadi; aholining 99% savodli; va 83% internetga kirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek davlat tomondan ilg'ori surilgan xususiylashtirish dasturi, ushbu o'n yillik oxiriga qadar biznesga bo'lgan davlat ta'sirini 30%ga qisqartirish va xalqaro savdo aloqalarimizni kengaytirishga bo'lgan intilishimizni taraqqiyotimizning muhim sabablardan biri deb qayd etadilar.

2023 yilda tashqi savdo 25%ga foyizga oshdi va yangi iqtisodiy sektorlar xalqaro investitsiyalar jalb qilinayotgani sababli jadal rivojlanmoqda. Elektr stantsiyalarida qayta tiklanadigan energiya loyihalari, Toshkent IT-parkidagi yuqori texnologiyali loyihalar yoki yosh raqamli oʼzbeklarga xizmat koʼrsatuvchi isteʼmol sektorlariga qaramasdan, bozorning liberallashuvi Oʼzbekistonni yaxshiroq tomonga oʼzgartirmoqda.

Hukumat tomonidan amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar bilan birga, O'zbekistonning navbatdagi iqtisodiy o'zgarishlar davriga ustuvorlik belgilandi. 2030 strategiyasi mamlakatni o'rta daromaddan teparoq davlat maqomiga erishish maqsadlarini belgilaydi, bunga deregulatsiya, strategik investitsiyalar va oxir-oqibat Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) qo'shilish orqali erishiladi. 2030 yilgi strategiyaning asosiy maqsadlari xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushini 85% ga oshirish, energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 40% ga yetkazish, eksport hajmini 45 mlrd AQSh dollarigacha ko'paytirish va sanoatda mehnat unumdorligini ikki barobar oshirishni o'z ichiga oladi.

Dunyoda to'rtinchi yirik oltin zahirasiga, shuningdek, boshqa ko'plab strategik muhim foydali qazilma konlariga ega bo'lgan O'zbekiston ekologik va samarali ishlab chiqarish yechimlarini joriy qiladigan yetakchi xalqaro tog'-kon operatorlarini jalb qilishda davom etadi. Shuningdek, O'zbekiston o'zining birinchi texnologik "yakkashox" (unicorn) kompaniyasiga - O'zbekistonning eng yirik raqamli ekotizimi Uzum ko'rinishida ega bo'lib, mingdan ortiq yangi avlod o'zbek startaplari allaqachon xalqaro e'tiborni tortmoqda.

25%

Tashqi savdo hajmi o’sishi

0%

IT-parki rezidentlari uchun korporativ soliq

$70 mlrd

Oxirgi 5 yil ichida jalb qilingan sarmoyalar hajmi

Shuningdek davlat tomondan ilg’ori surilgan xususiylashtirish dasturi, ushbu o’n yillik oxiriga qadar biznesga bo’lgan davlat ta’sirini 30%ga qisqartirish va xalqaro savdo aloqalarimizni kengaytirishga bo’lgan intilishimizni taraqqiyotimizning muhim sabablardan biri deb qayd etadilar.

29

o'rtacha yosh

99%

savodxonlik

83%

internetga ulanish imkoniyatiga ega

2023 yilda tashqi savdo 25%ga foyizga oshdi va yangi iqtisodiy sektorlar xalqaro investitsiyalar jalb qilinayotgani sababli jadal rivojlanmoqda. Elektr stantsiyalarida qayta tiklanadigan energiya loyihalari, Toshkent IT-parkidagi yuqori texnologiyali loyihalar yoki yosh raqamli oʼzbeklarga xizmat koʼrsatuvchi isteʼmol sektorlariga qaramasdan, bozorning liberallashuvi Oʼzbekistonni yaxshiroq tomonga oʼzgartirmoqda.

O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar davom etmoqda. Bizga qo‘shilishni istaysizmi?