Innovatsiya va raqamlashtirish


2025 yilga kelib smartfonlar tarqalishi darajasi 77% ga yetishi kutilayotgan va 29 milliondan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud bo’lgan O’zbekiston raqamlashib borayotgan jamiyatidir, unda yosh avlod kelajakning texnologik kompaniyalarini yaratmoqda. O’sib borayotgan iqtisodiy texnologik liderlikning markaziy elementi Toshkentdagi IT-parki bo’lib, u so’nggi yillarda 2020 yildagi 411 ta ro’yxatdan o’tgazilgan korxonalar sonidan 2023 yilda 1652 taga o‘sdi.

Malakali ishchi kuchi va korporativ soliqlardan to’liq ozodlikdan foydalangan holda, IT-park ekotizimiga kiruvchi korxonalar 2023 yilda 344 million AQSh dollaridan ortiq IT mahsulotlari va xizmatlarini eksport qildilar. IT-sektor raqamli to’lovlar va onlayn chakana savdo bozorlarining tez rivojlanishidan foydalangan fintex-startaplar qatorida rivojlanmoqda.

Mamlakatning fintex yetakchisi Uzum, O‘zbekiston raqamli ekotizimidir. Bozor qiymati 1 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan bu O‘zbekistonning birinchi “yunikorn" korxonasidir. Shu jumladan O‘zbekistonda mingdan ortiq faol startaplar mavjud bo‘lganini inobatga olgan holda, Uzum so’nggi bo’lmasligi aniq!

The path to IT excellence

Companies

Foreign IT companies

Types of IT companies

Exporters

Volume (million dollars)

Exports by country