O’zbekistonda biznes taraqqiyot imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish

O‘zbekiston bu tubdan o‘zgargan mamlakatdir. So‘nggi besh yil ichida keng ko‘lamli islohotlar dasturi milliy iqtisodiyotni liberallashtirib, misli ko‘rilmagan taraqqiyotga turtki berdi. Energetika sohasida mustaqil organning yaratilishidan tortib, kimyo sanoati, moliya sektori va boshqa strategik sohalarda yirik xususiylashtirish loyihalarigacha - O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti dunyo investorlarini jalb qilmoqda.

Bundan tashqari, texnologiya sanoati va innovatsion muhitning rivojlanishi O‘zbekistonning faol va tashabbuskor yosh avlodining mehnatlarini namoyon etadi.

Tarixiy Buyuk Ipak Yo’lining markazi bo’lgan O‘zbekiston, bugun jahon savdosida o‘z o‘rnini qayta tiklamoqda.

ITdan yashil energetika va turizmga qadar, «Yangi O‘zbekiston: katta imkoniyatlarga ega katta mamlakat» hisobotida xorijiy investorlar uchun mamlakatning eng dinamik sektorlari, ya'ni rivojlangan va katta o’zgarishlarga erishayotgan sohalar bilan tanishib chiqish imkoniyati taqdim etiladi.

Hisobot O‘zbekistonga qiziqish bildirgan xalqaro investorlar va institutlarning o‘sib borayotgan jamoatchiligining ruhiyatini aks ettiradi, London fond birjasidan tortib, Osiyo taraqqiyot banki, Rothschild & Company, EBRR, Franklin Templeton va British American Tobacco kabi tashkilotlargacha.

Посмотреть отчет

O‘zbekiston Raqamlarda

6%

Yillik o'rtacha Yalpi Ichki Mahsulotining o'sish darajasi

5G

MDH davlatlar orasida beshinchi avlod aloqani joriy qilgan birinchi mamlakat

$22,4 mlrd

2023-yilda jalb qilingan xorijiy sarmoyalar hajmi

60%

dan ortiq – 30 yoshgacha bo'lgan aholi soni

20.7 mln

Umumiy ishchi kuchi

$55.9 mlrd

2023-yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi

$39.0 mlrd

Umumiy xalqaro zaxiralar hajmi

6.8%

Ishsizlik darajasi

2X o’sish

So’nggi 5 yil ichida o’rtacha oylik maoshning $da o’sishi

+$70 mlrd

Oxirgi 5 yil ichida jalb qilingan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalar hajmi

25%

2023 yilda tashqi savdo hajmidagi o’sish darajasi

O’zbekistonda biznes yuritish

O’zbekiston iqtisodiy va fuqarolik liberallashtirish siyosatini amalga oshirib, yosh va yuqori malakali aholi yordamida rivojlanib bormoqda. Dunyo bo’ylab korxonalar hukumat va mahalliy jamoalar rivojlanish g’oyasi bilan birlashgan mamlakatga sarmoya kiritmoqdalar. Agar siz shamol va quyosh energiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan korxona yoki innovatsion raqamli va moliyaviy texnologiyalarni ishlab chiqayotgan bo‘lsangiz, Yangi O‘zbekiston sizning hamkoringiz bo’lishni istaydi!

O’zbekistonning investitsion xaritasi

Investorlar fikri